Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-oktabr

Maxfiylik siyosati

Saytkor.uz — sun'iy intellekt yordamida sayt yaratish xizmati: saytkor.uz platformasi va foydalanuvchi saytlari joylashadigan saytlarim.uz manzillari. Bu sahifada qanday ma'lumotlarni yig'ishimiz, ularni nima uchun ishlatishimiz, qayerda saqlashimiz va ularni o'chirishni qanday so'rash mumkinligi yozilgan.

Ma'lumotlar operatori: Saytkor.uz platformasi egasi — o'zini o'zi band qilgan shaxs A. Q. Omonov, Toshkent sh. Aloqa: support@saytkor.uz, Telegram: @Saytlarim_uz_Bot (💬 Yordam).

1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi

Ma'lumotlaringiz reklama uchun ishlatilmaydi. Reklama yoki kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi. Platforma brauzeringizda faqat zarur narsalarni saqlaydi: kirish sessiyasi, qulaylik sozlamalari (til, kun/tun rejimi va h.k.), taklif kodi, birinchi tashrif manbasi va yuqoridagi qurilma belgisi.

3. Qayerda saqlanadi

Bu xizmatlarning serverlari O'zbekistondan tashqarida joylashgan. Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi. Ma'lumotlar bazasida har bir foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotlarini ko'ra oladi.

4. Xizmat ko'rsatuvchi hamkorlar

Platforma ishlashi uchun ma'lumotlarning bir qismi faqat shu maqsadda quyidagilarga uzatiladi:

5. Ma'lumotlar kimga berilmaydi

Ma'lumotlaringizni sotmaymiz, ijaraga bermaymiz va reklama kompaniyalariga bermaymiz. Yuqoridagi hamkorlardan boshqa hech kimga uzatilmaydi. Istisno — O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollarda vakolatli davlat organining rasmiy talabi.

6. Xodimlar kirishi

Platforma egasi va vakolatli xodimlar (administrator, moderator) ma'lumotlaringizni faqat yordam ko'rsatish, moderatsiya (qonunga zid saytlarni tekshirish) va xavfsizlik (suiiste'molga qarshi kurash) maqsadlarida ko'rishi mumkin. Parollaringizni va bot tokenlaringizni hech kim ko'ra olmaydi: parol bir tomonlama shifrlangan, bot tokeni shifrlangan holda saqlanadi, admin panelda va jurnallarda ko'rsatilmaydi va faqat xabar yuborish uchun serverning o'zi ishlatadi.

Xizmat sifatini oshirish va yordam berish uchun jamoamiz AI bilan yozishmalaringizni (so'rovlaringiz, AI javoblari, biriktirilgan skrinshotlar) va yuqoridagi hodisalarni ko'rishi mumkin. Buning uchun faqat administratorlarga, ikki bosqichli tasdiq (2FA) bilan ochiladigan himoyalangan bo'lim ishlatiladi; ro'yxatlarda email va telefonlar yashirilgan holda ko'rsatiladi, to'liq ko'rish har safar jurnalga yoziladi. Bu ma'lumotlar hech kimga berilmaydi. O'quvchilar va bolalar haqidagi ma'lumotlar (AI Ustoz) bu bo'limga tushmaydi.

7. Saqlash muddati va o'chirish

8. CRM: o'quvchilar va ota-onalar ma'lumotlari

Pro va Business tariflaridagi «CRM» bo'limi o'quv markazlari uchun: unga lidlar, o'quvchilar, ota-onalar, davomat va to'lovlar ma'lumotlari kiritiladi.

9. Yosh cheklovi

Xizmat 16 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. 16 yoshga to'lmaganlar ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan foydalanishi mumkin.

10. O'zgarishlar va aloqa

Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangilangan sanani ko'rsatamiz; muhim o'zgarishlar haqida platformada yoki email orqali xabar beramiz. Savollar bo'yicha: support@saytkor.uz.

Shuningdek qarang: Ommaviy oferta.